O`zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 28 fevraldagi
qarori bilan 1975 yildan faoliyat ko`rsatib kelgan
Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash
injenerlari instituti Qarshi filiali negizida
Qarshi agrar-iqtisodiyot instituti, 1995 yil 3
iyun qarori bilan Qarshi agrar-iqtisodiyot instituti
va Toshkent Davlat texnika universiteti Qarshi
filiali bazalarida Qarshi muhandislik iqtisodiyot
instituti tashkil etilgan.
Ayni paytda institutda 6 ta fakultet (Iqtisodiyot,
Sanoat texnologiyasi, Kasb-ta`limi, Neft va
gaz, Energetika, Qishloq va suv xo'jaligi muhandisligi),
25 ta kafedra, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar
tayyorlash bo`limi, «Malaka oshirish» markazi,
«Axborotlar texnologiyalari» markazi, «Iqtidorli
talabalar» markazi, institut qoshidagi 2 ta
akademik-litsey faoliyat
ko`rsatmoqda. 30 ta ta`lim yo`nalishlari bo`yicha
4671 nafar bakalavrlar, 4 ta mutaxassisliklar
bo`yicha 22 nafar magistrlar ta`lim olmoqda.
Yoshlarga 306 nafar professor-o`qituvchilar ta`lim-tarbiya berishmoqda. Ularni 15 nafari fan doktori, professorlar, 125 nafari fan nomzodi,
dotsentlardir. Institutning ilmiy salohiyati
56,3 % ni tashkil qiladi. Institut aspiranturasida
uchta ilmiy yo`nalishlar bo`yicha yoshlar ilmiy izlanishlar olib bormoqda.