1. INNOVATSION ISHLANMALAR
1.1. «Mini bunt» turidagi
zichlangan paxta modullarini shakllantirishga mo’ljallangan mashina
e-mail: fmamatov50@mail.ru
Dalada paxta terish mashinasi
yoki qo’l yordamida terilgan paxta xom ashyosidan zichlangan paxta modullarini
shakllantirish va ularni qayta ishlash zavodlariga yetkazish uchun texnologiya
va mashinalarning asosiy ulchamlari ishlab chiqilgan.
Mashina harakatlanuvchi agregat bo’lib, tarkibida TTZ-80 traktori va traktorga
tirkagich moslama o'rnatilgan, kuzovining hajmi 16 m3 bo’lgan modullagichdan
iborat. Modullagich harakatni traktorning orqa quvvat validan oluvchi gidravlik
motor, gidravlik tsilindr orqali harakatlanuvchi zichlagich mexanizmi, hamda
sharnir usulida o’rnatilgan orqa devoridan iborat.Metall profillardan payvandlangan
karkasga modullagichning barcha uzellari biriktirilgan.
Paxta moduli shakllangandan keyin ikkita gidravlik tsilindr yordamida karkas
dala sathidan ko'tariladi va tayanch g'ildiraklar orqali modullagich navbatdagi
modulni shakllantirish uchun yangi joyga ko'chiriladi.
Agregat paxta dalasida yoki xirmonlarda terilgan paxta xom ashyosidan zichlangan
kichik buntlar hosil qilish uchun muljallangan. Paxta terish mashinasida yoki
qo’lda terilgan paxta modullagich karkasiga tukiladi, operator zichlagich mexanizmi
yordamida karkasning perimetri bo’yicha paxta massasini zichlaydi.
Modullagich va paxta modulining xarakteristikasi
Ko’rsatkichlar |
O’lchov
birligi |
Qiymati |
Ish unumdorligi |
t/soat |
4,2...5,0 |
Modullagich o’lchamlari: uzunligi balandligi ( transport holatida) kengligi |
mm |
6220...6420 3230...3330 2450...2550 |
Konstruktiv massasi |
kg |
1550...1650 |
Sarflanadigan umumiy
quvvat |
kVt |
18,1 |
Energetik vosita |
TTZ-80 traktori |
|
Paxtaning zichligi |
kg/m3 |
180...190 |
Moduldagi paxtaning
massasi |
kg |
3200...3400 |
1.2.
Zichlangan paxta modulini yuklash, tushirish va tashishga mo’ljallangan transport
vositasi
e-mail: fmamatov50@mail.ru
Paxta dalasidan paxta tozalash zavodlariga «Mini bunt» turidagi zichlangan paxta
modullarini tashishga mo’ljallangan. 2PTS –4 (5) markali traktor pritsepi shassesining
takomillashgan platformasiga dala chetida yoki xirmondagi zichlanagan paxta
modulini yuklaydi, uni paxtani qayta ishlash punktlariga tashiydi va tushiradi.
Transport vositasi rama, zanjirli transporter, transporterni harakatga keltiruvchi
gidravlik agregat, tsilindrsimon tayanch katoklardan iborat bo’lib 9 14 kN transport
traktorlari bilan agregatlanadi.
Transport vositasining asosiy qismlari quyidagilardan iborat:
2PTS-4 (5) markali traktor pritsepining gidravlik ko’targichi va tayanch barmoqlariga
o’rnatilgan platforma ramasi;
ramaning yo’naltiruvchi shvellerlarida harakatlanadigan zanjirli transporter;
reversiv motorli transporterning gidravlik agregati;
transport vositasining platformasini yuklash va tushirish holatida saqlash uchun
mo’ljallangan silindrsimon tayanch katoklar.
Platforma ramasida zanjirli transporter o’rnatilgan bo’lib unda zichlangan paxta
moduli harakatlanadi.
Zanjirli konveyer paxta modulini platformaga yuklashda va reversiv motor orqali
tushirishda xizmat qiladi.
Transport vositasining xarakteristikasi
Ko’rsatkichlar |
O’lchov
birligi |
Qiymati |
Modulni yuklash va
tushirishda ish unumdorligi |
t/soat |
8.2…9,3 |
Transport vositasining
tezligi |
km/soat |
25…30 |
Gabarit o’lchamlari: uzunligi balandligi (transport holatida) kengligi |
mm |
7100…7200 3200…3300 2400…2450 |
Konstruktiv massasi |
kg |
640..650 |
Sarflanadigan umumiy
quvvat |
kVt |
12,0 |
Energetik vosita |
TTZ-100 traktori |
|
Paxta modulining massasi |
kg |
3200…3400 |
Paxta modulini yuklash
vaqti |
min |
4,5…5,1 |
Paxta modulini tushirish
vaqti |
min |
4,7…5,5 |
Yuklash-tushirishda
sarflanadigan quvvat |
kVt |
6,0 |