Yangiliklar
       Institut haqida
       Institut tuzilmasi
       Fakultetlar
       Markaz va bo`limlar
       Ochiq ma`ruzalar
       Abituriyentlarga
       Mehmonlar kitobi
       Ilmiy-tadqiqot ishlari
       E'lonlar
       Bog`lanish
 Institut haqida  Distantsion ta`lim  Elektron kutubxona



institut rektori,
prof. R.D.Shodiyev

Hoziroq savolingizni yo'llang
Veb-obuna
Sayt yangiliklariga
hoziroq obuna bo`ling!
E-mail:
 
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida 5 ta fakultet mavjud. Bular quyidagilar:


«Iqtisodiyot» fakultetida «Iqtisodiyot (tarmoqlar bo`yicha)», «Menejment», «Buxgalteriya hisobi va audit», «Moliya» yo`nalishlari bo`yicha bakalavrlar, «Tarmoqlar iqtisodi (qishloq xo`jaligi)», «Kasb ta`lim fanlarini o`qitish metodikasi (iqtisodiyot)» mutaxassisliklari bo`yicha magistrlar tayyorlanmoqda.
Kunduzgi ta`lim shaklida 1003 ta talaba, magistraturada 17 ta talaba tahsil olmoqda. Ularga fakultet tarkibidagi 3 ta kafedrada: 4 ta fan doktori-professor, 15 fan nomzodi, dotsentlar, 23 ta o`qituvchilar dars berib kelmoqda.


«Muhandis-texnika» fakultetida «Neft va gaz ishi», «Elektr energetikasi», «Issiqlik energetikasi» yo`nalishlari bo`yicha bakalavrlar, «Neft va gaz konlarini ishga tushirish va ulardan foydalanish» mutaxassisligi bo`yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Hozirgi paytda fakultetda 982 ta talaba bakalavr ta`lim yo`nalishi bo`yicha, 8 ta talaba magistratura mutaxassisligida taxsil olmoqda. Ularga fakultet huzuridagi 3 ta kafedrada 3 ta fan doktori-professor, 16 ta fan nomzodlari va 16 ta o`qituvchi dars bermoqda.


«Texnologiya» fakultetida «Qishloq xo`jalik mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va ularni dastlabki qayta ishlash texnologiyasi», «Atrof-muhit himoyasi (tarmoqlar bo`yicha)», «Agronomiya (dehqonchilik mahsulotlari bo`yicha)», «O`simliklar himoyasi», «Oziq-ovqat texnologiyasi (mahsulotlar turlari bo`yicha)», «Kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo`yicha)», «Fermer xo`jaligini boshqarish» yo`nalishlari bo`yicha bakalavrlar, «Agronomiya (dalachilik)» mutaxassisligi bo`yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Hozirgi paytda fakultetda 45 nafar professor-o`qituvchi ishlaydi. Umumiy talabalar soni 571 nafarni tashkil qiladi.


«Kasb-ta`limi» fakulteti 2002 yilda tashkil etilgan bo`lib, unda asosan kasb-hunar kollejlari uchun mutaxassis kadrlar tayyorlanadi.
Fakultetda Kasb ta`limi (Agroinjeneriya), Kasb ta`limi (Elektroenergetika), Kasb ta`limi (Ijtimoiy-iqtisodiy soha) ta`lim yo`nalishlari bo`yicha bakalavrlar yo`nalishlarida jami 482 nafar talabalar tahsil olmoqda. Fakultet bo`yicha 90 nafar professor-o`qituvchi ishlaydi, shundan 3 nafari fan doktori, professor, 34 nafari fan nomzodi, dotsent, 53 nafari katta o`qituvchi, assistentlardir.


«Agromuhandislik» fakultetida «Agroinjeneriya», «Suv xo`jaligi va melioratsiya» «Yer tuzish va yer kadastri», «Transport vositalarini ishlatish va ta`mirlash» «Gidrotexnika inshoatlari va nasos stantsiyalaridan foydalanish» ta`lim yo`nalishlari bo`yicha bakalavrlar, «Dehkonchilikni mexanizatsiyalash» mutaxassisligi bo`yicha magistrlar tayyorlanmoqda. Hozirgi paytda fakultetda 37 nafar professor-o`qituvchi, jumladan 2 nafar fan doktori, professor, 27 nafar fan nomzodlari, dotsentlar, 5 nafar katta o`qituvchi va 3 nafar assistentlar faoliyat olib bormoqdalar.
info@qmii.uz