Yangiliklar
       Institut haqida
       Institut tuzilmasi
       Fakultetlar
       Markaz va bo`limlar
       Ochiq ma`ruzalar
       Abituriyentlarga
       Mehmonlar kitobi
       Ilmiy-tadqiqot ishlari
       E'lonlar
       Bog`lanish
 Institut haqida  Distantsion ta`lim  Elektron kutubxona



institut rektori,
prof. R.D.Shodiyev

Hoziroq savolingizni yo'llang
Veb-obuna
Sayt yangiliklariga
hoziroq obuna bo`ling!
E-mail:
 
Ilmiy bo`lim
Mustaqillik yillarida institutda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarining ko`lami oshdi. Bugungi kunda institut professor-o`qituvchilari institutning 2006-2010 yillarga mo`ljallangan ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish va ilmiy salohiyatni oshirishga yo`naltirilgan kompleks dasturi asosida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar. Ular tomonidan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalar markazining 7 ta davlat granti, O`zbekiston Respublikasi FA fundamental tadqiqotlarni qo`llab-quvvatlash fondining 1 ta granti, TYeMPUS dasturi doirasida 1 ta chet el granti bo`yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu loyihalarga professor-o`qituvchilardan tashqari aspirant, magistrant va talabalar ham faol ishtirok etishmoqda.
Keyingi besh yilda hajmi 107 mln 820 ming so`mlik korxona va xo`jaliklarning buyurtmasi asosida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi.
O`tgan besh yil mobaynida 26 ta ilmiy ishlanma ishlab chiqarishga joriy etildi va ular viloyat xo`jaliklari va korxonalarida qo`llanilmoqda. Shu davr mobaynida 22 ta ixtiroga patent olindi.
Institut olimlari tomonidan ishlab chiqilgan: «Ob`ektlardagi-45...+1200S oralig`idagi haroratni o`lchaydigan datchik va qurilma»; «Serquvvatli traktorlarga ikki yarusli plug»; «Magnium-8940 traktoriga ikki yarusli plug»; «Frontal plug FOR-2.8»; «Yuqori haroratli va tuproqda tabiiy namlik kam bo`lgan xududlarda chigit ekish texnologiyasi»; «Kollektor-drenaj va yer osti suvlarini sho`rsizlantirish usuli»; «G`o`zapoya maydalaydigan, yerni ekishga tayyorlaydigan mujassamlashgan agregat»; «Qashqadaryo viloyati tog` oldi xududlarida sug`orish texnologiyasini takomillashtirish»; «Shamol eroziyasiga qarshi tuproqqa ishlov beruvchi plug-yumshatgich»; «Paxta dalalarini ekishga tayyorlaydigan mujassamlashgan agregat»; «Chigitni ekish oldidan elektrotexnologiya usulida ishlov berish»; «Chiqindilar, axlatlar va barg, shox-shabbalardan kompost va vermokompost tayyorlash usullari»; «O`g`itlardan ilmiy asosda rejali foydalanish»; «Suvni mineralsizlantirish texnologiyasini takomillashtirish»; «Och tusli bo`z va taqir tuproqlarni shamol eroziyasidan saqlash usuli»; «Kam quvvatli tiklanuvchan energiya manbalari hisobiga ishlaydigan ko`chma energiya qurilmasi» kabi ilmiy ishlanmalar soha mutaxassislari tomonidan ijobiy baholandi.
Ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari monografiya, risola, ilmiy maqolalar va ilmiy-uslubiy tavsiyanomalarda o`z aksini topdi. 2001-2006 yillar mobaynida institut professor-o`qituvchilari olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida 15 ta monografiya, 16 ta ilmiy maqolalar to`plami, 1477 ta ilmiy maqola, shu jumladan ularning 90 tasi xorijiy davlatlar, 211 tasi respublikamiz nufuzli jurnallarida chop etildi.
Institutda keyingi besh yil mobaynida 2 ta xalqaro va 14 ta respublika miqyosida konferentsiyalar va ilmiy seminarlar o`tkazildi. Bundan tashqari har yili professor-o`qituvchilar ilmiy-amaliy konferentsiyasidan tashqari talabalarning hamda 2003 yildan boshlab esa aspirant, magistrant va iqtidorli talabalarning ilmiy konferentsiyalari o`tkazib kelinmoqda.
Institutda xorijiy davlatlar oliy o`quv yurtlari va tashkilotlari bilan hamkorlikda ilmiy – tadqiqot ishlarini olib borishga katta e‘tibor borilmoqda. So`nggi 5 yilda 13 dan ortiq, jumladan Shvetsiya qirollik texnologiya instituti, Kataloniya politexnika universiteti (Ispaniya), Nyu-Meksiko universiteti (AQSH), Gamburg-Xarburg texnika universiteti (Germaniya), Tvente universiteti (Gollandiya), Lyudvigsxafen universiteti (Germaniya), Ukraina muhandislik pedagogika akademiyasi, Moskva Davlat tabiiy resurslardan foydalanish universiteti, Rossiya Timiryazev nomli qishloq xo`jaligi akademiyasi bilan ilmiy sohada o`zaro manfaatli hamkorlik qilish, professor-o`qituvchilar, yosh kadrlar almashinuvi bo`yicha shartnomalar tuzildi.
Institutning O`zR FA bilan aloqalari yil sayin mustahkamlanib bormoqda. 2005 yilda O`zR FAning Qashqadaryo viloyatida Janubiy mintaqaviy ilmiy markazi tashkil etildi. Uning ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengashi raisi etib institut rektori, prof. M.Normuradov saylandi. Institut professor-o`qituvchilaridan 17 nafari Janubiy mintaqaviy ilmiy markaz sektsiyalarining a‘zolari etib saylandilar.
Keyingi besh yilda 2 ta doktorlik va 15 ta nomzodlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi.
Mustaqillik yillarida institutda bir nechta ilmiy maktablarga asos solindi.
Institut rektori f-m.f.d., prof. M.Normuradov rahbarligidagi ilmiy maktabda «Ion implantatsiyasi va elektron emissiya usullari yordamida materiallarning xossa va xususiyatlari tadqiq etish» yo`nalishida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borildi. Yupqa qatlamli plenkalar olish texnologiyalarining: molekulyar nurli epitaktsiya; yuqori vakuumli termodiffuziya usuli; kichik energiyali katta miqdorli ionlar bilan legirlash kabi usullar tadqiq etildi. Olingan natijalar kristallik strukturalari mikroelektronika, optoelektronika, nurlanish detektorlari, qattiq jism elektronikasida elektron xotirali qurilmalarida bazaviy elementlari sifatida qo`llaniladi. Bundan tashqari, issiqlik va yorug`lik sezgirli datchiklar yaratishda yuqori chastotali tranzistorlar olish (MDP va PDP strukturalar olish texnologiyalari, yarim o`tkazgichlar yuzasida kichik qarshilikka ega bo`lgan kontakt olish texnologiyasida) qo`llanilmoqda.
Ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida 3 darslik, 2 ta monografiya, 180 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi hamda 3 ta doktorlik va 7 ta nomzodlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya etildi.
«Qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashda resurslarni tejaydigan texnik jarayonlarni va raqobatbardosh texnik vositalarni yaratish va tatbiq etish» yo`nalishida t.f.d., prof. F.Mamatov rahbarlik qilayotgan ilmiy maktabda olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida quyidagilarga erishildi: 1,4; 3; 4; va 5 klass traktorlari uchun O`zbekistonning tuproq-iqlim sharoitlarida donli va oraliq ekinlar ekilgan tuproqlarga egatsiz tekis ishlov beradigan ilmiy asoslangan kombinatsiyalashgan frontal pluglar ishlab chiqildi va viloyat xo`jaliklarida muvaffaqiyatli sinovdan o`tdi hamda ular 2006-2010 yillarga mo`ljallangan Qishloq xo`jaligini kompleks mexanizatsiyalash uchun mashinalar tizimiga kiritildi; yuqori hosil olishni ta‘minlaydigan paxta dalalarini ekishga tayyorlash va bug`doy ekish texnologiyasi va uni amalga oshiradigan kombinatsiyalashgan agregat; tuproqqa shamol eroziyasiga qarshi ishlov berish texnologiyasi va texnik vositasi ishlab chiqildi.
Bugungi kungacha ilmiy maktabda 1 ta doktorlik va 3 ta nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlandi va muvaffaqiyatli himoya etildi.
«Shamol eroziyasi jarayonlarini prognozlash va boshqarish usullari» yo`nalishida t.f.d., prof. B.Eshmurodov rahbarligidagi ilmiy maktabda olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida respublikada birinchi marta chang bo`ronlarni bashoratlash, rayonlashtirish va diagnostikalash matematik modellari ishlab chiqildi.
Shamol eroziyasi jarayonlarini samarali boshqarish maqsadida Qarshi cho`li sharoitida chang bo`ronli ekologik holatlarni diagnostikalash, prognozlash, tuproqning shamol eroziyasiga qarshi kurash tadbirlarining eng maqbul parametrlari aniqlandi va amaliyotga tatbiq etildi. Ilmiy maktabda 1 ta doktorlik va 3 ta nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlanib himoya etildi.
Mustaqillik yillarida q.x.f.d., prof. I.Ernazarov rahbarligidagi ilmiy maktabda «Suv tanqis bo`lgan sharoitlarda bir yilda ikki marta hosil olishda sug`oriladigan yerlar samaradorligini oshirish» yo`nalishida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi.
I.Ernazarov rahbarligida olib borilgan ilmiy ishlar natijalari mamlakatimiz va MDH davlatlarida ishlab chiqarishga joriy etilgan bo`lib, ular jumlasiga yerdan yil davomida uzluksiz foydalanish tizimida dehqonchilikning samaradorligini oshirish yo`li bilan mo`l, sifatli va arzon dehqonchilik mahsulotlari yetishtirish; bir yilda ikki marta hosil yetishtirish texnologiyasida begona o`tlarga qarshi kurashish; bir yilda ikki marta hosil yetishtirish texnologiyasida o`g`itlar qoldig`idan samarali foydalanish; bir yilda ikki marta hosil yetishtirish texnologiyasida ekinlarni maqbul ekish muddatlari va me‘yorlarini aniqlash kabi yo`nalishlarni kiritish mumkin.
Ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida 1 ta monografiya, 160 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etildi hamda 3 ta nomzodlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya etildi.
«Agrar sohada iqtisodiy samaradorlikka erishish muammolari» yo`nalishida i.f.d.,prof. R.X.Ergashev rahbarligidagi ilmiy maktabda olib borilgan ilmiy ishlar natijalari respublikamiz va hamdo`stlik davlatlarida amalda tadbiq etilgan bo`lib, ular qatorida qo`yidagilarni aytib o`tish mumkin: bozor sharoitida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish muammolari; qishloq xo`jaligining istiqbollarini aniqlash hamda infratuzilmani shakllantirish; fermer xo`jaliklarning iqtisodiy samaradorligini oshirish muammolari; fermer xo`jaliklarining bozor iqtisodiyotiga moslashuvini aniqlash hamda buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobotlarini takomillashtirish; kichik va o`rta biznes korxonalarini agrosanoat majmuasida rivojlantirish.
Hozirgacha ushbu ilmiy maktabda 6 ta nomzodlik dissertatsiyalari tayyorlanib muvaffaqiyatli himoya qilingan.


MALAKA OSHIRISH MARKAZI

Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti qoshidagi Kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markazi 1999 yil 2 iyunda ta‘sis etilgan bo`lib, uning tashkil etilishidan maqsad Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm (1999-2001 yillarda) viloyatlari o`rta maxsus ta‘lim muassasalari o`qituvchilari, ishlab chiqarish ta‘lim ustalari va mintaqa mutaxassislari malakasini oshirishdir.
«Kadrlarni tayyorlash milliy Dasturi» va «Ta‘lim to`g`risida»gi Qonuni kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta‘lim tizimining ajralmas bo`lagi sifatida qaraladi. Shundan kelib chiqib, kadrlar malakasini oshirish bo`yicha istiqbolli va joriy rejalar ishlab chiqilgan. O'tgan davr mobaynida Markaz xodimlari tomonidan ushbu ta‘lim turiga, qo`yilgan vazifalarni bajarish anchagina ishlar amalga oshirildi. Markazda institutda mavjud ixtisosliklar muvofiq «Buxgalteriya hisobi va audit», «Iqtisodiyot», «Moliya», «Menejment va marketing», «O'simlikshunoslik bo`yicha fermer xo`jaliklarini tashkil etish va yuritish», «Qishloq xo`jalik mashinalari va jihozlaridan foydalanish, ularga texnik xizmat ko`rsatish», «Elektr tarmoqlari va jihozlarini o`rnatish» yo`nalishlari bo`yicha kasb-hunar kollejlari maxsus fan o`qituvchilari o`z malakalarini oshirishmoqdalar. Yuqorida qayd etilgan mutaxassisliklar bo`yicha o`quv rejalar va dasturlar ishlab chiqilib, tegishli darajada tasdiqlatilgan vash ular asosida o`quv jarayonlari olib borilmoqda. Markaz faoliyati davomida 620 kishi shu jumladan Xorazm viloyatidan 21 ta (1999-2001 yillar), Surxondaryo viloyatidan 125, Qashqadaryo viloyatidan 475 kasb-hunar ta‘limi muassasalari mutaxassislari o`z malakalarini oshirishdilar. Shu jumladan 1999 yilda 12 kishi, 2000 yilda 89 kishi, 2001 yilda 74 kishi, 2002 yilda 80 kishi, 2004 yilda 152 kishi, 2005 yilda 113 kishi, 2006 yilda 100 kishi, 2007 yilda 120 kishi (reja).
Ixtisoslik yo`nalishlari bo`yicha malaka oshirish Markazida tinglovchilarning 1999-2006 yillardagi ko`rsatkichlari quyidagicha, Neft va gaz ishi -11 kishi, Yer kadastri -19 kishi, «Qishloq xo`jalik mashinalari va jihozlaridan foydalanish, ularga texnik xizmat ko`rsatish»-146, Buxgalteriya hisobi-132, Iqtisodiyot-130, «O'simlikshunoslik bo`yicha fermer xo`jaliklarini tashkil etish va yuritish»-120, «Elektr tarmoqlari va jihozlarini o`rnatish»-17, Menejment va marketing-40. Malaka oshirish Markazi uchun 2006 yildan institut litsey – internatining 4 qavati ajratilgan bo`lib, u zamonaviy darajada ta‘mirdan chiqarilgan. Jumladan, o`quv uslubiy xona, 20 o`ringa mo`ljallangan o`quv xonasi, 11 kompyuteri internetga ulangan kompyuter sinfi, Ma‘naviyat xonasi Axborot – resurslar Markazi bo`limi (505 ta kitoblar fondig ega bo`lgan). Shu qavatning o`zida Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining tumanlaridan kelgan tinglovchilar uchun jihozlangan 26 o`rinli mehmonxona mavjud. Mehmonxona xuzurida dam olish, ovqatlanish xonalari oshxona mavjud. Tinglovchilar uchun respublika, viloyat, shahar nashrlarining gazetalari yig`ma sonlari, 100 ga yaqin badiiy kitoblar mavjud.
Malaka oshirish Markazida 2007 yildan boshlab shahar yoshlari uchun 2 xaftalik «Kompyuter ko`nikmalari» kurslari tashkil etilgan.
Mashg`ulotlar markaz xonalaridan tashqari institutning tegishli kafedralari, o`quv kabinetlari va laboratoriyalarida, Markaz uchun tayanch hisoblangan Qarshi qishloq xo`jalik, Qarshi iqtisodiyot, Qarshi politexnika, Qarshi bank, Qovchin qishloq xo`jaligi kollejlarida jihozlangan markazlari, laboratoriyalarida ochiq darslar, interfaol usullarni qo`llab o`tkazilmoqda.
Tinglovchilar bilan mashg`ulotlar olib borish uchun institutni eng tajribali, ilmiy daraja va unvonlarga ega bo`lgan professor-o`qituvchilari, ishlab chiqarishdan yetakchi mutaxassislar, tayanch kollejlarning yuqori toifali o`qituvchilari, jalb qilingan bo`lib, ular orasida chet ellarda tajriba o`rganib kelganlar, ham talaygina. Dars olib boradigan institut professor-o`qituvchilari, deyarli barcha fanlardan malaka oshirish yo`nalishlari dasturiga mos ravishda 30 dan ortiq ma‘ruzalar matnlari tayyorlashgan. Markazda barcha fanlar bo`yicha test savollari bankomati yig`ilgan bo`lib, yo`nalishlar bo`yicha kelgan tinglovchilar kirish-chiqish testlaridan o`tib, natijalari solishtiriladi va xulosalar qilinadi.
2006 yildan Markazda ilmiy Kengash faoliyat olib bormoqda.



AXOROT TEXNOLOGIYALARI MARKAZI

«Ta`lim to`g`risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» moxiyatidan kelib chiqqan holda, O`zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, Internet xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishning ta`minlash dasturining ishlab chiqishini tashkil etish chora tadbirlari to`g`risida»gi 2001 yilning 23 maydagi 230-sonli qarori, Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirligining hay`at qarorlari va ko`rsatmalari hamda institut Ilmiy Kengashining 2002 yilning 5 fevralidagi 4-sonli qarori ijrosini ta`minlash, zamonaviy axborot texnologiyalari, kompyuterlarni o`quv jarayonlariga keng joriy etish vazifasini amalga oshirish maqsadida 2002 yil 6 martda institut tarkibiy qismining alohida bo`limi sifatida faoliyat ko`rsatuvchi «Axborot texnologiyalari va masofaviy ta`lim» markazi tashkil etildi.
  • Markaz o`quv jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalari va masofaviy ta`lim tizimini joriy etish;
  • mualliflar bilan hamkorlikda elektron darslik, o`quv qo`llanma va ma`ruza matnlarini yaratish;
  • amaliyot va laboratoriya darslarini imitatsiya yo`li bilan o`rgatish ishlarini tashkil etish va vertual stendlar yaratishni yo`lga qo`yish;
  • o`quv jarayoni va ish yuritish uchun mo`ljallangan turli hil kompyuter dasturlarini ishlab chiqish;
  • institut kutubxonasining elektron katalogini yaratish va elektron kutubxona tashkil etishga amaliy yordam ko`rsatish;
  • Internet xalqaro axborot tizimlaridan foydalanishni yo`lga qo`yish;
  • institutning lokal tarmoq tizimini yaratish;
  • institutning Web-sahifasini yaratish va uni yangi axborotlar bilan boyitib borish;
  • institut kompyuter parki ish faoliyatini muvofiqlashtirish kabi faoliyatlarni olib bormoqda.
  • Respublika oliy o`quv yurtlari bilan video konferentsiyalar tashkil qilinmoqda, Internetdan olingan yangiliklar muntazam ravishda kitobcha shaklida nashr etilib, professor-o`qituvchilar va talabalarga yetkazilmoqda.


    XALQARO ALOQALAR BO`LIMI

    MARKETING BO`LIMI

    MAGISTRATURA BO`LIMI

    IQTIDORLI TALABALAR MARKAZI

    MA`NAVIYAT VA MA`RIFAT BO`LIMI
    info@qmii.uz