|
|
|
|
 |
Abiturientlardan hujjatlarni qabul qilish 20 iyundan 20 iyulgacha
davom etadi.
Abiturientlar institut qabul komissiysiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:
- Institut rektori nomiga ta`lim yunalishi, o`qitish tili va shkli
ko`rsatilgan ariza;
- o`rta yoki o`rta kasb hunar ma`lumoti haqidagi hujjatning asl nusxasi;
- 086/U -shakl bo`yicha tibbiy ko'rikdan o'tganligi haqida ma'lumotnoma;
- 3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 ta fotosurat;
- pasportning nusxasi
- Pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan
ko'rsatiladi.
Agar abiturient Respublika olimpiadasi ishtirokchisi va g`olibi bo`lsa
tegishli dimplomni, shuningdek muddatli harbiy xizmatni o`tagan va harbiy
qism tavsiyanomasiga ega bo`lgan abiturient tegishli tavsiyanomani oliy
ta'lim muassasasi qabul komissiyasiga 20 iyulgacha taqdim etadilar,
undan keyin topshirilgan tavsiyanoma qabul qilinmaydi.
Abiturient hujjatlari qabul qilingandan so`ng, shu yerning o`zida
suratga olinadi. Bu surat ma`lumotlar omboriga kiritiladi
va DTMga yuboriladi. Suratga tushmagan abiturientga ruxsatnoma va titul
varag`i berilmaydi.
Abiturient qaysi yozuvda (kirill yoki lotin) o`qigan bo`lsa, shu yozuvda
ariza yozadi va test topshiradi.
Test sinovi boshlanishidan 5 kun oldin abiturient qabul komissiyasi
tomonidan e'lon qilingan binolar va auditoriyalarning reja-chizmalarini
diqqat bilan o`rganib, test topshiradigan binoning qaerda joylashganligi,
auditoriyaning tartib raqami va qaysi qavatda ekanligini bilib oladi.
Abiturientlar guruh tartib raqami ko`rsatilgan ruxsatnomani test boshlanishidan
3 kun oldin ta'lim muassasasi qabul komissiyasidan oladi.
Test o`tkaziladigan kuni abiturientlarni bino ichkarisiga kiritish
ertalab soat 730 da boshlanadi. Abiturient binoga kirishda
ruxsatnoma va pasportini shaxsan ko`rsatadi. Soat 800 dan
boshlab abiturientlar o`z guruhlari raqamiga muvofiq raqamlangan auditoriyaga
kiradilar.
Test sinovlariga kalkulyator, lug`at, jadval, kitob, uyali telefon
va shargalkalarni olib kirishlari taqiqlanadi.
Test sinovlari 1 - avgust kuni o'tkaziladi.
|
|
|