|
|
|
|
 |
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 28 fevraldagi qarori bilan 1975 yildan faoliyat ko`rsatib kelgan Toshkent irrigatsiya va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti Qarshi filiali negizida Qarshi agrar-iqtisodiyot instituti, 1995 yil 3 iyun qarori bilan Qarshi agrar-iqtisodiyot instituti va Toshkent Davlat texnika universiteti Qarshi filiali bazalarida Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti tashkil etilgan.
Ayni paytda institutda 6 ta fakultet (Iqtisodiyot, Sanoat texnologiyasi, Kasb-ta`limi, Neft va gaz, Energetika, Qishloq va suv xo'jaligi muhandisligi),
25 ta kafedra, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo`limi, «Malaka oshirish» markazi, «Axborotlar texnologiyalari» markazi,
«Iqtidorli talabalar» markazi, institut qoshidagi 2 ta akademik-litsey, Talabalar oromgohi faoliyat ko`rsatmoqda. 30 ta ta`lim yo`nalishlari bo`yicha 4742 nafar bakalavrlar, 4 ta mutaxassisliklar bo`yicha 22 nafar magistrlar ta`lim olmoqda. Yoshlarga 399 nafar professor-o`qituvchilar ta`lim-tarbiya berishmoqda. Ularni 15 nafari fan doktori, professorlar, 125 nafari fan nomzodi, dotsentlardir. Institutning ilmiy salohiyati 56,3 % ni tashkil qiladi. Institut aspiranturasida uchta ilmiy yo`nalishlar bo`yicha yoshlar ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
|
|
|