2012 yil 6 fevral kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida Αzbekiston XDP viloyat Kengashi, Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi yoshlar siyosati va sog‘lom avlod masalalari doimiy komissiyasi, Viloyat ichki ishlar boshqarmasi, Oliy Majlisning Inson huquqlari bî‘yicha vakilini viloyatdagi mintaqaviy vakili, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi viloyat bî‘limi hamda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti bilan hamkorlikda yoshlar î‘rtasida sog‘lom turmush tarzini, diniy ekstremizm va terrorizm, diniy fundamentalizm, aqidaparastlik kabi yot g‘oyalarni tarqalishini oldini olish maqsadida tadbir tashkil qilindi. Tadbirda Αzbekiston XDP viloyat Kengashi raisi î‘rinbosari M.Turopov, Αzbekiston Respublikasi musulmonlari idorasining Qarshi tumani bosh imom xatibi X.Boymurodov, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi viloyat bî‘limi bosh mutaxassisi B.Rî‘ziyev, Viloyat ichki ishlar boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish va yuridik ta’minlash bî‘linmasi yurist-konsulti A.Raxmonov, Inson huquqlari bî‘yicha vakilini viloyatdagi mintaqaviy vakili, QarMII Ma’naviy-axloqiy tarbiya ishlari prorektori R.Xî‘jaqulov, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Y.Manzarovlar î‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Unda 105 dan ortiq fakultet dekanlari muovinlari, professor-î‘qituvchilar, faol talabalar va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashishdi.
2012 yil 3 fevral kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida “Yoshlar orasida giyohvandlik moddalarining tarqalishiga qarshi kurash” oyligi doirasida Viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda yoshlar î‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni giyohvandlik, diniy ekstremizm va terrorizm, odam savdosi va boshqa salbiy illatlar ta’siridan himoya qilish maqsadida tadbir tashkil qilindi. Tadbirda Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i î‘rinbosari, polkovnik O.Xî‘janov, huquq-tartibot organlari mas’ul xodimlari va “Kamolot” YOIH viloyat bî‘limi Kengashining “Yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish” bî‘limi mudiri F.Bozorovlar î‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Unda 100 dan ortiq professor-î‘qituvchilar, guruh murabbiylari va talabalar qatnashishdi.
“Mustahkam oila yili”ga bag‘ishlanib hamda, 14 yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan institutimizning professor – î‘qituvchilari î‘rtasida an’anaviy qishki spartakiada î‘tkazildi. Bir hafta davom etgan qizg‘in bellashularda sportning futbol, voleybol, stol tennisi va shaxmat turlari bî‘yicha g‘oliblar aniqlandi.
2012 yil 11 yanvar kuni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrugi “Serjantlar tayyorlash maktabi” bilan hamkorlikda tayyorlagan M.Toshmuhamedov nomli viloyat musiqali drama teatrida Αzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 20 yilligi va “14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni” bayrami munosabati bilan “Vatan himoyasi – muqaddas burch!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy, adabiy-badiiy kecha bî‘lib î‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan “Elektron ta’lim” milliy tarmog‘ini barpo etishga oid loyihaning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda ta’lim, axborot-kommunikatsiya sohasi rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.