Institutda talaba-yoshlar orasida sog’lom ma’naviy muhitni shakllantirish, ular ongida milliy mustaqillik mafkurasi va milliy istiqlol g’oyasini singdirishga qaratilgan turli tadbirlar reja asosida tashkil qilingan.
Institut talabalari uchun barcha qulayliklarga ega bî’lgan 2 ta talabalar turar joylari (TTJ) larida uzoq viloyat va tumanlardan tashrif buyurgan yigit-qizlar yashashadi.
Qî’lga kiritilgan yutuqlar oldida turib, î’tmishga î’girilib sarhisob qilish bu insonlarga xos tushuncha. Î’tmishni sarhisobini olish kelajak rejalarini tuzishda tabiyki muzeylarning î’rni beqiyos. Har bir oliy î’quv yurtining î’z tarixi, î’z muzeyi bî’ladi. Institut tarixiga bag’ishlab yaratilgan muzeyda institutning dastlabki tashkil topgan yillaridan to bugungi kungacha bî’lgan faoliyati, hamda sî’nggi yillarda erishayotgan yutuqlari, yangiliklar, î’zgarishlar turli hajm va shakldagi, bir-biriga mutanosib va mantiqiy ketma-ketligida joylashtirilgan pannolarda aks ettirilgan. Tarix va bugun uyg’unlashtirilishiga harakat qilingan.
Mamlakatimizdagi ta’lim sohasidagi siyosat î’sib kelayotgan yoshlarni ma’nan, jismonan sog’lom bî’lishligini taqozo etadi. Zamonaviy mutaxassis nafaqat yaxshi bilim egasi, balki jismonan sog’lom bî’lishi ham shart. Bu borada sportning î’rni alohida. Sport va jismoniy tarbiya î’quv yurtining eng muhim qirrasi desak mubolag’a emas.
Institutimiz Yevropa va Osiyoning nufuzli universitetlari va turli jamg’armalari bilan î’zaro manfaatli hamkorlikni amalga oshirmoqda. Institutda Rossiya, Finlandiya, Shvetsiya, Germaniya, Gollandiya, Polsha, Chexiya, Litva, Ispaniya, Belgiya, Xitoy kabi davlatlarining universitetlari bilan tajriba almashinuvlar yî’lga qî’yilgan.