Fakultet 2010 yilda Texnologiya fakulteti bazasida institutdagi tarkibiy o'zgarishlardan so'ng “Sanoat texnologiyasi” deb qayta nomlandi. 1995 yildan Agrotexnologiya o'quv markazi, so'ngra 1997 yildan Texnologiya fakulteti bo'lib faoliyat ko'rsatdi.
1995 yildan buyon o'quv markazi va fakultetni texnika fanlari doktori, professor B.X.Eshmuratov boshqarib keladi.
«Energetika» fakulteti Qarshi muxandislik iqtisodiyot instituti ilmiy kengashining 2009 yil 28-noyabrdagi 2-sonli yig‘ilishi qaroriga asosan tashkil etilgan. Fakultet tarkibida 5520100-Issiklik energetikasi, 5520200 - Elektr energetikasi ta’lim yî‘nalishlari bî‘yicha bakalavrlar, 5A520104 - Issiklik elektr stansiyalari mutaxassisligi bî‘yicha magistrlar tayyorlanmoqda. 2010 yil yanvar oyi holatida jami 645 nafar talaba bî‘lib, ularni 639 nafari bakalavriatda 6 nafari magistraturada ta’lim olishadi. Fakultet tarkibidagi «Issiqlik energetikasi», «Elektr energetikasi», «Fizika va mexanika» kafedralarida 43 nafar professor-î‘qituvchilar ilmiy-pedagogik faoliyat olib bormoqdalar. Ularning 2 nafari fan doktori, professor, 23 nafari fan nomzodi, dotsentlardir.
Iqtisodiyot fakul’teti Qarshi agrar iqtisodiyot instituti (hozirgi Qar MII) negizida 1992 yilda tashkil etilgan. Hozirgi kunda fakul’tetda 3 ta “Buxgalteriya hisobi va audit”, “Iqtisodiyot” va “Menejment” kafedralari faoliyat ko’rsatib, unda 4 nafar professor va fan doktorlari, 19 nafar dotsent va fan nomzodlari, 30 nafar katta oqituvchi va assistentlar talabalarga bilim berishmoqda.
2009 yil 1 dekabr oyidan boshlab institut fakultet va kafedralarning yangi tashkiliy tuzilmasiga î‘tilishi munosobati bilan “Agromuhandislik” fakulteti negizida “ Qishloq va suv xî‘jaligi muhandisligi” fakulteti tashkil etildi.
“Agronomiya fanlari” va “Qishloq hî‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi” kafedralari negizida “ Fermerlik va qishloq hî‘jalik texnologiyasi” kafedrasi tashkil etildi.
Neft va gaz fakulteti
1990 yilda Toshkent politexnika institutining Qarshi filiali tashkil etilib, unda neft va gaz sanoati uchun mutaxassis kadrlar tayyorlash boshlandi. 1995 yilda Qarshi agrar-iqtisodiyot instituti va Toshkent davlat texnika universitetining qarshi filiali negizida Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti tashkil topdi. Shu munosabat bilan Toshkent davlat texnika universitetining Qarshi filiali “Muhandis-texnika” fakultetiga aylantirildi.