Yangiliklar
       Institut haqida
       Institut tuzilmasi
       Fakultetlar
       Markaz va bo`limlar
       Ochiq ma`ruzalar
       Abituriyentlarga
       Mehmonlar kitobi
       Ilmiy-tadqiqot ishlari
       E'lonlar
       Bog`lanish
 Institut haqida  Distantsion ta`lim  Elektron kutubxona



institut rektori,
prof. R.D.Shodiyev

Hoziroq savolingizni yo'llang
Veb-obuna
Sayt yangiliklariga
hoziroq obuna bo`ling!
E-mail:
 
Sharaf va mas'uliyat
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Yuksak ma'naviyat – engilmas kuch” deb nomlangan kitoblarida ma'naviyatning mazmun-mohiyatiga to'xtalib, “Ma'naviyat – insonni ruhan poklanish, qalban ulg'ayishga chorlaydigan, odamning ichki dunyosi, irodasini baquvvat, iymon-e'tiqodini butun qiladigan, vijdonini uyg'otadigan beqiyos kuch, uning barcha qarashlarining mezonidir, degan tarifni berganlar va “Ma'naviyatni tushunish, anglash uchun avvalo insonni tushunish, anglash kerak”, ekanligini ta'kidlaganlar.
Kriptografiya sohasida yangi kitoblar
Hozirgi kunda har qanday rivojlangan davlatda axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarining jamiyatda egallagan o'rni tobora yuksalib bormoqda. O'zbekiston Respublikasi ham axborotlashtirish sohasida keskin o'zgarishlar davrini boshdan kechirmoqda. O'zbekiston Respublikasining "Telekommunikatsiyalar to'g'risida", "Axborotlashtirish to'g'risida"gi, "Elektron raqamli imzo", "Elektron hujjat aylanishi" to'g'risidagi qonunlari va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 30-maydagi "Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to'g'risida" gi Farmoni bu borada muhim ahamiyat kasb etdi.
Taraqqiyot sari" Radio loyihasi ishga tushurilmoqda
BMT Taraqqiyot Dasturining O'zbekiston Aloqa va Axborotlashtirish Agentligi bilan hamkorligidagi "AKT Siyosati" (ICTP) Loyihasi "O'zbegim taronasi" radiostansiyasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasida yangi, "Taraqqiyot Sari" Radio Loyihasini ishga tushurmoqda.

Mazkur loyiha "O'zbegim Taronasi" radiostansiyasida bir oyda 2 marotaba, haftaning chorshanba kuni, soat 19:10da efirga uzatiladi. Loyihaning asosiy maqsadi - yurtimiz axolisini AKT soxasidagi bilimlarini oshirish, O'zbekiston hamda jaxonda AKT soxasida ro'y berayotgan yangiliklardan xabardor kilishdan iboratdir.

Xar bir radio loyiha AKT soxasidagi "Asososiy mavzu", "O'zbekiston va xorij yangiliklari", hamda interaktiv radio viktorinadan iborat bo'ladi. Xar bir eshittir so'ngida viktorina g'oliblari aniqlanib, ularga sovg'alar topshirilishi rejalashtirilgan. Radio loyihani "O'zbegim Taronasi" radiostansiyasining taniqli boshlovchisi- Dilmurod G'ulomov olib boradi.

Eslatib o'tamiz, "Taraqqiyot sari" radio loyihasi "O'zbegim Taronasi" radiostansiyasida bir oyda 2 marotaba, haftaning chorshanba kuni, soat 19:10da efirga uzatiladi.

(muallif: infoCOM.UZ)
Talabalarni ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlariga jalb qilish va rag’batlantirish tizimini takomillashtirish haqida
Institut faollar zalida 2008 yil 12-noyabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2008 yil 3-oktyabrda o’tkazilgan «Talabalarni ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlariga jalb qilish va rag’batlantirish tizimini takomillashtirish haqida»gi qo’shma Qaroriga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazildi. Yig’ilishni Ilmiy ishlar bo’yicha prorektor prof.F.Mamatov olib bordi. Yig’ilishda barcha fakultet dekanlari, dekan o’rinbosarlari, kafedra mudirlari, TIJ rahbarlari, Ilmiy va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi boshliqlari ishtirok etdilar. Yig’ilishda talabalarni ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlariga jalb qilish masalasiga e‘tibor qaratildi. Bu masalani hal etish uchun dissertatsiya ustida ilmiy izlanishlar olib borayotgan aspirant, doktorant va mustaqil tadqiqotchilar hamda iqtidorli talabalarga samarali ilmiy rahbarlik (maslahatchilik)ni ta‘minlashga salohiyati yetarli professor-o’qituvchilar va mutaxassis-olimlarning institut bo’yicha yagona ro’yxatlarini shakllantirish va o’zaro almashinuvini yo’lga qo’yish; ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug’ullanishga hohishi bo’lgan va salohiyati yetarli iqtidorli talabalarni oliy ta‘lim va Fanlar Akademiyasi tizimida olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlariga keng jalb etish, ular bilan maxsus dasturlar asosida shug’ullanishni yo’lga qo’yish; Fanlar Akademiyasi tizimi olimlarini talabalar ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkillashtirishga, xususan, ilmiy-pedagogik va malakaviy amaliyotlariga rahbarlik, magistrlik dissertatsiyalari va malakaviy bitiruv (diplom) ishlariga ilmiy rahbarlik va maslahatchilikka, hamda ularning himoyasi bo’yicha Davlat attestatsiya komissiyalarida ishtirok etishga mehnat haqini o’rnatilgan tartibda to’lanishini ta‘minlagan holda faol jalb qilish; talabalar va yosh olimlarning ilmiy-ijodiy qobiliyatlarini ro’yobga chiqarish uchun zarur bo’lgan tashkiliy, metodik va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratish, ularni qo’llab-quvvatlash, moddiy va ma‘naviy rag’batlantirish tizimini shakllantirish; fakultet va kafedralarda talabalarning ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik qobiliyatlarini rivojlantirish va ro’yobga chiqarish imkonini beruvchi turli ilmiy to’garaklar, ilmiy-ijodiy va innovatsion guruhlar tashkil etish; fakultet va kafedralarda olib borilayotgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarga iqtidorli talabalarni ijrochi sifatida jalb qilish hamda ushbu loyihalar doirasida ularning malakaviy bitiruv ishlari va magistrlik dissertatsiyalari bajarilishini ta‘minlash; fakultet va kafedralar faoliyati yuzasidan ilmiy bo’limga taqdim etiladigan yillik hisobotlarda talabalar ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarini tashkil etish borasida belgilangan rejalarning bajarilishi, talabalar va yosh olimlar tomonidan amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari yuzasidan tahliliy ma‘lumotlarni ham aks ettirish; Iqtidorli talaba yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish ishlarini keskin jonlantirish, talabalar va yosh olimlarni tajriba-konstruktorlik ishlarini har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ulardagi ilmiy-ijodiy va konstruktorlik qobiliyatlarini namoyon qilish maqsadida turli tanlovlarni tashkil qilish, ularni ilmiy seminarlar, konferentsiyalar va simpoziumlarda faol ishtirokini ta‘minlash; iqtidorli magistratura bitiruvchilarini ilmiy-tadqiqot va oliy ta‘lim muassasalarida faoliyat ko’rsatayotgan aspiranturalarga, ishga taqsimlashda esa Fanlar Akademiyasi hamda Oliy va o’rta maxsus ta‘lim tizimlariga yo’naltirishga alohida e‘tibor berish kabi vazifalarni bajarish zarurligi ko’rsatib o’tildi va har bir ko’rilgan masala yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
“LexUZ” – tezkor va samarali tizim
Mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyati qurishning muhim omillaridan biri sifatida aholining huquqiy madaniyatini oshirish masalalariga katta e’tibor qaratilmoqda. Aholining huquqiy axborot bilan ta’minlanishi bu borada olib borilayotgan ishlarning samaradorligini yanada oshiradi.

Namangan davlat universitetida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi – “LexUz” huquqiy axborot qidirish tizimining taqdimot marosimi va o‘quv-seminarida shu xususda so‘z yuritildi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda BMT Rivojlanish dasturi hamkorligidagi “O‘zbekistonda islohot jarayonlariga ko‘maklashish uchun milliy qonunchilik bazasini takomillashtirish” loyihasi doirasida o‘tkazilgan mazkur tadbirda universitetning talaba va o‘qituvchilari, soha mutaxassislari, davlat va jamoat tashkilotlari, huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda axborot texnologiyalarini yanada rivojlantirish, ularning zamonaviy imkoniyatlaridan barcha sohalarda keng foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

“LexUz” huquqiy axborot qidirish tizimining asosiy maqsadi aholining huquqiy madaniyatini oshirish, yuridik va jismoniy shaxslarning me’yoriy-huquqiy hujjatlardan keng foydalanishini ta’minlash, huquqiy axborot ta’minotini takomillashtirishdan iborat

Ayni paytda bu tizimga mustaqillikning ilk yillaridan boshlab qabul qilingan qonunlar, qaror va farmonlar, mamlakatimiz a’zo bo‘lgan xalqaro shartnomalar, turli vazirlik va idoralarning huquqiy hujjatlari – jami 17 mingdan ziyod me’yoriy hujjat o‘zbek va rus tillarida joylashtirildi.

Bugungi kunda har bir kishi dunyoning istalgan nuqtasidan internet tarmog‘idan foydalangan holda maxsus www.lex.uz sayti orqali ushbu huquqiy hujjatlar, ma’lumotlardan foydalanishi mumkin.

– Bu tizim aholining huquqiy savodxonligini oshirish, huquqiy ma’lumotlarga bo‘lgan talab va ehtiyojlarni ta’minlash, qonunchilikni yanada takomillashtirish imkonini beradi, – deydi viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Alijon Ochilov. – Bundan tashqari bu tizim fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari, davlat organlari, mansabdor shaxslar, nodavlat notijorat tashkilotlar, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning respublikamiz qonunchiligidan muntazam va tezkor ravishda xabardor bo‘lib borishini ta’minlaydi.

O‘quv-seminar davomida mutaxassislar tomonidan “LexUz” huquqiy axborot qidirish tizimining ishlash tartibi va uning afzalliklari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Manbaa:http://uza.uz/uz/society/5041/
info@qmii.uz