Qarshi Muhandislik Iqtisodiyot Institutining rasmiy veb-saytiga
Xush kelibsizlar !!!
 
     
 
institut rektori,prof.
R.D.Shodiyev
 
     
 
     
 
Sayt yangiliklariga hoziroq
obuna bo`ling!
 
     
 
     
 




 
     
 
     
 
 
     

     
 
Abiturientlardan hujjatlarni qabul qilish 20 iyundan 20 iyulgacha davom etadi.
Abiturientlar institut qabul komissiysiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:
  • Institut rektori nomiga ta`lim yunalishi, o`qitish tili va shkli ko`rsatilgan ariza;
  • o`rta yoki o`rta kasb hunar ma`lumoti haqidagi hujjatning asl nusxasi;
  • 086/U -shakl bo`yicha tibbiy ko'rikdan o'tganligi haqida ma'lumotnoma;
  • 3.5 x 4.5 sm hajmdagi 6 ta fotosurat;
  • pasportning nusxasi
  • Pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi haqidagi hujjat shaxsan ko'rsatiladi.
Agar abiturient Respublika olimpiadasi ishtirokchisi va g`olibi bo`lsa tegishli dimplomni, shuningdek muddatli harbiy xizmatni o`tagan va harbiy qism tavsiyanomasiga ega bo`lgan abiturient tegishli tavsiyanomani oliy ta'lim muassasasi qabul komissiyasiga 20 iyulgacha taqdim etadilar, undan keyin topshirilgan tavsiyanoma qabul qilinmaydi.
Abiturient hujjatlari qabul qilingandan so`ng, shu yerning o`zida suratga olinadi. Bu surat ma`lumotlar omboriga kiritiladi va DTMga yuboriladi. Suratga tushmagan abiturientga ruxsatnoma va titul varag`i berilmaydi.
Abiturient qaysi yozuvda (kirill yoki lotin) o`qigan bo`lsa, shu yozuvda ariza yozadi va test topshiradi.
Test sinovi boshlanishidan 5 kun oldin abiturient qabul komissiyasi tomonidan e'lon qilingan binolar va auditoriyalarning reja-chizmalarini diqqat bilan o`rganib, test topshiradigan binoning qaerda joylashganligi, auditoriyaning tartib raqami va qaysi qavatda ekanligini bilib oladi.
Abiturientlar guruh tartib raqami ko`rsatilgan ruxsatnomani test boshlanishidan 3 kun oldin ta'lim muassasasi qabul komissiyasidan oladi.
Test o`tkaziladigan kuni abiturientlarni bino ichkarisiga kiritish ertalab soat 730 da boshlanadi. Abiturient binoga kirishda ruxsatnoma va pasportini shaxsan ko`rsatadi. Soat 800 dan boshlab abiturientlar o`z guruhlari raqamiga muvofiq raqamlangan auditoriyaga kiradilar.
Test sinovlariga kalkulyator, lug`at, jadval, kitob, uyali telefon va shargalkalarni olib kirishlari taqiqlanadi.
Test sinovlari 1 - avgust kuni o'tkaziladi.
Abiturientlar uchun qo'shimcha ma'lumotlar
 
     
 

 
 
180100, O`zbekiston, Qarshi shahri,Mustaqillik shox ko`chasi, 225
Tel.: 8(375) 221-09-23, 771-00-26
Fax: 8(375) 224-13-95
© 2002-2010 Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti
Sayt muallifi: Ro’zibaev Ravshan