Barkamol avlod kamoli
Davlat dasturining oliy ta’lim tizimiga tegishli barcha bandlari bî‘yicha ishlab
chiqilgan dastur hamda qî‘shimcha amalga oshiriladigan tadbirlar dasturi asosida
î‘tgan 6 oy mobaynida muayyan amaliy ishlar bajarildi.
“Barkamol avlod yili” Davlat dasturining 8 - “Yoshlarning ijodiy va intellektual
salohiyatini rî‘yobga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratish, fanni yanada
rivojlantirish hamda iste’dodli, iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish”
deb nomlangan . Mazkur bandning birinchi qismi – “Fanni yanada rivojlantirish
uchun shart-sharoitlar yaratish hamda iqtidorli yoshlarni ilmiy faoliyatga faol
jalb etish” yuzasidan bir qator amaliy ishlar bajarildi. Jumladan, birinchi
navbatda talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish, ularni kelajakda
nomzodlik hamda doktorlik dissertatsiyalari ishiga yî‘naltirish, ularning qobiliyatlarini
yuzaga chiqarish hamda ilmiy tafakkurini tî‘g‘ri yî‘naltirish maqsadida barcha
guruhlarda 2 kursdan boshlab talabalarga ilmiy rahbarlar belgilanib, dissertatsion
ishlar mavzulari institut Ilmiy kengashida tasdiqlanyapti.
Institutda reja asosida ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etilib borilyapti. Jumladan,
“Barkamol avlod ilm-fan taraqqiyotining kelajak poydevori” mavzusidagi ilmiy-amaliy
konferensiya institutda î‘tkazilishi rejalashtirilgan, bunda asosiy ma’ruzalar
mavzusi innovatsion loyihalarni va yangi texnologiyalarni joriy etilishiga qaratilgan.
Αzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 18 fevraldagi 88-F
sonli Farmoyishi hamda Oliy va î‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2010 yil 20-fevraldagi
72-sonli buyrug‘ida belgilangan tadbirlarni amalga oshirish maqsadida institutda
2010 yilning 17-18 aprel kuni “Qishloq xî‘jaligida texnika va texnologiyalar
servisini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy
va ilmiy-texnik anjumanning î‘tkazilishi ushbu yî‘nalishdagi ishlarning amaliy
ifodasi bî‘ldi. Konferensiyada 7 ta shuba faoliyat kî‘rsatib, 200 tadan ortik
ma’ruzalar tinglandi. Ma’ruzalarning 60 ga yaqini talabalar tomonidan tayyorlangan.
Anjuman ishida Αz.Res. Qishloq va suv xî‘jaligi vazirligi Ilmiy-ishlab chiqarish
markazi , Qashqadaryo viloyati “Agromashservis” OAJ , ΑzMEI, SamQXI, AndQXI,
ToshdAU, TerDU, SamSi, BuxOO va YESTI, NamMPI, TIMI, GulDU KarDU olimlari xamda
viloyatdan ishlab chiqarish korxonalari, muassasa tashkilotlar rahbarlari ishtirok
etishdi.
Institutda ilmiy-tadqiqot ishlarini yanada rivojlantirish, byudjetdan tashqari
mablag‘lar topish va topilgan mablag‘larni talaba-yoshlarning ilmiy salohiyatini
oshirish, iste’dodlarini yuzaga chiqarish, ularni moddiy qî‘llab-quvvatlash
maqsadida turli mavzularda xî‘jalik shartnomalari hamda davlat grantlari ustida
ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Bu borada yosh olimlarimizning ishtirokini
faollashtirishga alohida e’tibor qaratilgan. Yosh olimlarning davlat ilmiy-texnika
dasturlarini amalga oshirishda qatnashishi, fan va iqtisodiyot tarmoqlarini
yuqori malakali yosh olimlar va mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash uchun yetarli
shart-sharoitlar yaratilyapti. Xususan, joriy yilning 1-3 mart kunlari “Αzekspomarkaz”
da bî‘lib î‘tgan “Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va ishlanmalar III-Respublika
yarmarkasi”da institut olimlari, aspirantlari, magistrantlari va talabalari
î‘zlarining 14 ta ilmiy ishlanmalari va loyihalari bilan ishtirok etishdi. Kî‘rgazmada
namoyish etish uchun aspirantlar va magistrantlar ishtirokida 8 ta maketlar
va tarqatma materiallar yukori saviyada tayyorlandi. Yarmarka doirasida 9 ta
korxona bilan 118 mln. sî‘mlik xî‘jalik shartnomalari tuzildi. Jumladan, “Drenaj
oqimini rostlash maqsadida”Pog‘ona” tizimini yaratish” mavzusida Qashqadaryo
viloyati gidrologik-meliorativ stnatsiyasi bilan 2011 yil uchun 30 mln. sî‘mlik
shartnoma tuzilgan. 2 ta ilmiy ishlanma 50 mln. sî‘m miqdorida moliyalashtirish
uchun Qashqadaryo viloyati hokimligi “Barkamol avlod” Davlat dasturiga kiritildi.
Viloyatimizda tuproqni unumdorligini oshirish, yerga ishlov berishni samarali
usullarini yanada takomillashtirish borasida Dastur doirasida rejalashtirilgan
ishlar yuzasidan bir qator ilmiy loyihalar ustida ilmiy izlanish olib borilyapti.
Jumladan, tuproqni poliz ekinlari ekish uchun tayyorlaydigan kombinatsiyalashgan
agregatning tajriba nusxalarini yasash va 50 ga yerda sinovdan î‘tkazish ishi
amalga oshirilyapti. Shuningdek, paxta dalalarini pushtali ekishga tayyorlaydigan
kombinatsiyalashgan agregatning tajriba nusxalarini yasash va 50 ga yerda sinovdan
î‘tkazish ustida ham ish olib borilyapti. Bu borada dalalarda tajribalar î‘tkazish
va ilmiy xulosalar olish maqsadida institut kafedralarining dala filiallari
tashkil etilib, ular uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Qashqadaryo viloyati
boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urug‘chilik ilmiy-tadqiqot instituti, Respublika
va viloyat ekologik harakati bilan ilmiy aloqalar yî‘lga qî‘yilgan, “Αzbekiston
tabiati: Qashqadaryo” deb nomlangan albom-kitob ushbu hamkorlik natijasida yuzaga
keldi. “Barkamol avlod yili” bî‘yicha institut dasturida mazkur sohadagi ishlarni
rivojlantirish uchun 10 mln. sî‘m mablag‘ rejalashtirilgan.
Mazkur bandning 2-qismi – “Ijodkor, iste’dodli yoshlarni hamda bolalar va î‘smirlar
qobiliyatini aniqlashga kî‘maklashish” bî‘yicha ham yil davomida amalga oshirilib
boriladigan tadbirlar rejalashtirilgan. Xususan, “Konstitusiya bilimdoni”, “Prezident
asarlari bilimdoni”, “Kelajak ovozi”, “Yagonasan, muqaddas Vatan!” tanlovlari
hamda “Zakovat”, “MMM”(Mutolaa, mushoira, musohaba), “Eng yaxshi kitobxon talaba”,
“Yosh ijodkorlar”, “Nasaf navolari” badiiy tugaraklari yî‘lga qî‘yilgan. Tanlov
ishtirokchilarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirib borish rejalashtirilgan.
Institutda an’anaviy tarzda “Yilning iste’dodli tolibi(tolibasi)” tanlovlari
tashkil etilgan. Iqtidorli yoshlarning intellektual saviyasini rivojlantirish
maqsadida ham bir qator amaliy ishlar qilinyapti. “Kelajak ovozi” yoshlar tashabbbuslari
markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Biznes forum” va “Bî‘sh ish î‘rinlari”
yarmarkalarida talabalarimiz faol ishtirok etishdi.
Joriy yilning 17-18 aprel sanalarida institut “Zakovat” jamoasi Toshkent shahar
ochiq birinchiligida qatnashdi. 29 aprel kuni “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi
doirasida SHî‘rtan gaz kimyo majmuasi rahbariyatining tashabbusi bilan SHî‘rtan
gaz kimyo majmuasining 2ta – “Erkatoy” va “Smak” jamoasi bilan QarMIIning “Barkamol
avlod” jamoasi î‘rtasida “Quvnoqlar va zukkolar” kî‘rik-tanlovi viloyat teatrida
bî‘lib î‘tdi. G‘oliblarga SHî‘rtan gaz kimyo majmuasi va institut ma’muriyatining
homiylik sovg‘alari topshirildi.
“Barkamol avlod yili” Davlat dasturi doirasida milliy-madaniy markazlar bilan
hamkorlikda anjuman, ota-onalar bilan seminarlar, taqdimotlar va boshqa xarakterdagi
kî‘plab ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar î‘tkazilyapti.
Institutda “Barkamol avlod yili” Davlat dasturi talablari asosida rejalashtirilgan
ishlar ushbu yilda muvaffaqqiyatli suratda davom ettiriladi.